Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi hamda universitetimizning 95 yillik yubileyi munosabati bilan o‘tkazilgan “Oltin kuz” xalqaro agro-tasviriy va amaliy san’at festivali o‘z yakuniga yetdi. Tadbirni universitet rektori N. Oblomuradov ochib berar ekan, 2025-yil universitet tarixida ulkan tashabbuslar yili bo‘lgani, san’at va ma’naviyatning jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rni haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, 120 dan ortiq san’at asarlari yaratilgani alohida ta’kidlandi. Festivalda professor-o‘qituvchilar, rassomlar, FAO, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari, Turizmni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti xodimlari hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar. Universitetning 95 yilligiga bag‘ishlab yaratilgan san’at asarlari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Rektor va tashrif buyurgan mehmonlar galereyada namoyish etilgan noyob asarlar bilan tanishib, ularga yuqori baho berdilar. “Ona siymosi” yonida Bo‘ston ansambli yoshlari she’rlar o‘qib, tabiat va san’at uyg‘unligi alohida qadrlab o‘tildi. Festival davomida turli millatlar qo‘shiqlari yangradi, ijod va san’atning betakror go‘zalligi qalblarga ruh bag‘ishladi.
Badiiy qism avvalida Festival kuratori, akademik rassom A. Mamasoliyev: “Men bu jarayonni 40 yildan beri orzu qilib kelardim. Bugun esa ushbu orzularim ro‘yobga chiqayotganidan behad mamnunman. Universitet rahbariyatiga chuqur minnatdorchilik bildiraman”, – deya o‘z fikrlarini bildirdi. Festival san’at, tabiat va orzular uyg‘unligi orqali barcha ishtirokchilarga katta ilhom ulashdi. Tadbirda faol qatnashgan talaba-yoshlar, rassomlar va hamkor tashkilotlar universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Shundan sòng, “Oltin kuz” festivalida millatlararo do‘stlik qo‘shiqlarda yangradi! Qozoq, rus, qoraqalpoq va boshqa xalqlarining milliy kuy-qo’shiqlari mehmonlarga bayramona kayfiyat ulashdi. Yoshlarning ijodiy chiqishlari tomoshabinlarga quvonch, faxr va ilhom bag‘ishlab, festivalga yanada o‘zgacha ruh baxsh etdi. “Oltin kuz” festivali barchaga san’atning buyuk kuchini, tabiat va ijodning yuksak qadriyat ekanini yana bir bor eslatib berdi. Festival doirasida ijod va san’at uyg‘unligi, tabiat go‘zalligi va inson qalbidagi ma’naviy qadriyatlar yana bir bor namoyon bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



