logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetining «Eco Lawyers” jamoasi Quest Step by Step” intellektual sarguzashtli tanlovida yuqori òrinni qòlga kiritdi

view 168

Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi Toshkent shahridagi “Huquqshunoslik” va “Siyosatshunoslik” yo‘nalishlarida tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Quest Step by Step” intellektual sarguzashtli tanlovida munosib ishtirok etdi. Mazkur tanlovda universitetimizning “Eco Lawyers” jamoasi o‘zining mustahkam bilimlari, jamoaviy ishlash ko‘nikmasi va ijodkorlik yondashuvi bilan ajralib turib, kuchli raqobat muhitida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

Jamoa rahbari N. Umirzakova bo‘lib, u talabalarga doimiy ravishda bilim, sabr va ilhom bag‘ishlab kelmoqda. Ustoz va talabalar mehnati o‘z samarasini berib, jamoamiz nafaqat universitet, balki butun yurisprudensiya ta’lim tizimi nufuzini yuksaltirdi. Tanlov yakunida “Eco Lawyers” jamoasi a’zolari 6 000 000 so‘m pul mukofoti hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.