Universitetimizning 95 yillik yubileyi munosabati bilan tashkil etilgan ushbu tadbirda Qozog‘iston, Rossiya va O‘zbekistonning yetuk rassomlari hamda universitetimizning 20 nafar iqtidorli talaba-yoshlari ishtirok etdilar. Anjumanni universitet rektori N. Oblomuradov ochib berdi. Tadbir davomida professional rassomlar va yosh iste’dod egalari o‘zaro muloqot qildilar, ijodiy tajriba almashdilar. Shuningdek “Oltin kuz” Agro-tasviriy san’at festivali doirasida haftalik planer òtkazilib kelinmoqda. Jumladan Toshkent viloyati, Jizzax va Samarqand shaharlariga ijodiy sayohatlar tashkil etish masalasi yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.
Festival ijodkor yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib, mamlakatimiz va qo‘shni davlatlar rassomlari o‘rtasidagi ijodiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda
Ijtimoiy tarmoqlar:


