logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasining hududiy tuman va shahar Kengashlari rahbarlari hamda mas’ul xodimlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminar doirasida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

view 96

Tadbir davomida universitetning “Bo‘ston” ashula va raqs ansambli yoshlari tomonidan tomoshabinlarga milliy kuy-qo‘shiqlar namoyish etildi. Jumladan, “Choyxona”, “Tojikcha duet”, “Bolo-bolo”, “Popuri”, “Lazgi” kabi ijodiy chiqishlar ishtirokchilarga katta bayramona kayfiyat ulashdi. Madaniy tadbir seminar ishtirokchilarida iliq taassurot qoldirdi. O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasining hududiy tuman va shahar Kengashlari rahbarlari hamda mas’ul xodimlari Toshkent davlat agrar universitetida yaratilgan sharoitlar, talaba-yoshlar bilan ishlash tizimi va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat yuqori saviyada yo‘lga qo‘yilganini alohida e’tirof etib, iliq fikr-mulohazalar bildirdilar.

Shuningdek, mazkur uchrashuv TDAU va O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, kelgusida qo‘shma tadbirlar va loyihalarni amalga oshirish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi. Bayramona ruhda o‘tgan tadbir ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, yuqori saviyada yakunlandi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.