logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida Polshaning Green Crops kompaniyasi va Krakov Qishloq xo‘jaligi universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

view 261

Toshkent davlat agrar universitetida Polshaning qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha yetakchi tashkilot va ta’lim muassasalari vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda Green Crops kompaniyasi, Krakov Qishloq xo‘jaligi universiteti, Xalqaro Qishloq Xo‘jaligi Universiteti hamda O‘zbekistonning agrar oliy ta'lim muassasalari vakillari ishtirok etdi. Suhbat davomida 2025-yilda Toshkent davlat agrar universiteti talabalari uchun Green Crops kompaniyasida tashkil etilgan amaliyot dasturining natijalari ko‘rib chiqildi. Amaliyotning samaradorligi, talabalar malakasini oshirishga qo‘shgan hissasi, ishlab chiqarish jarayonlari bilan bevosita tanishish imkoniyatlari alohida ta’kidlandi. Shuningdek, tomonlar 2026-yilda Toshkent davlat agrar universiteti talabalari uchun Polshada amaliyot dasturlarini kengaytirish, qabul kvotalarini oshirish, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma loyihalarni rivojlantirish va talabalar amaliyotini tizimli davom ettirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.