favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida “QABUL–2025” shtabi faoliyatini boshlagani haqida xabar bergan edik. Bugun esa ushbu shtabda “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi!

view 17

Tadbirni universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S.Boboyev ochib berdi. U barcha abituriyentlarga iliq tilaklar bildirib, qabul jarayonida muvaffaqiyat tiladi. Shuningdek, S.Boboyev universitetning ta’lim yo‘nalishlari, zamonaviy laboratoriyalari, xorijiy hamkorlik dasturlari, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va “QABUL–2025” jarayonining asosiy bosqichlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Uchrashuv doirasida taniqli olim, akademik S.G‘ulomov ishtirokida “Akademik va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Suhbat jarayonida abituriyentlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar. Ma’lumot uchun: Toshkent davlat agrar universitetida abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun maxsus call-markaz va maslahat punktlari tashkil etilgan bo‘lib, ular orqali istalgan savol bo‘yicha murojaat qilish mumkin. Qabul jarayonining barcha bosqichlari haqida to‘liq ma’lumot olish uchun: my.uzbmb.uz

Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.