logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida qishki ta’til xavfsizligi ta’minlanmoqda

view 7

Toshkent davlat agrar universiteti ma’muriyati tomonidan qishki ta’tilni xavfsiz va mazmunli tashkil etish maqsadida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor J. Lapasov hamda universitet ishchi guruhi tomonidan universitet yotoqxonalari qishki ta’til davomida yopildi va muhrlandi.
Ushbu chora talabalar xavfsizligini ta’minlash hamda energiya resurslarini tejash maqsadida amalga oshirilmoqda. Talabalarning o‘z hududlariga xavfsiz yetib borishi va ta’til yakunida belgilangan tartibda qaytishi Shtab faoliyati orqali nazorat qilinadi.
Xorijiy va Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun zarur yashash sharoitlari yaratiladi. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari bitta yotoqxonaga jamlanib, ular uchun mazmunli dam olish va madaniy tadbirlar tashkil etiladi. Qishki ta’til davomida yotoqxonalarda tunu kun kuchaytirilgan navbatchilik yo‘lga qo‘yiladi. 31-dekabr kuni navbatchilik jarayoni rektor nazorati ostida amalga oshiriladi. Talabalarimizdan so‘raladi: — yotoqxona yopiq bo‘lgan davrda binoga kirmaslik, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, Shtab va tyutorlar ko‘rsatmalariga amal qilish.

Yangi yil munosabati bilan barcha talabalarimizga quvonchli dam olish va mazmunli ta’til tilaymiz!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.