Ushbu tadbir "Zamin" xalqaro jamoat fondi, O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda Toshkent davlat agrar universiteti hamkorligida tashkil etildi. Tadbirni Toshkent davlat agrar universiteti bitinchi prorektori J.Lapasov ochib berdi.Tadbirda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)vakillari, Qishloq xo'jaligi vazirligi Qishloq xo'jaligini rivojlantirish boshqarmasi vakillari, universitet professor-òqituvchilari, talabalar ishtirok etishdi.
Film tomoshabinlarga taqdim etildi.Filmdagi asosiy g‘oya Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda tuproq resurslarining hal qiluvchi o‘rnini yoritishga qaratilgan. Unda iqlim o‘zgarishi, tuproq degradatsiyasi muammolari va ularni ilmiy asoslangan holda hal qilish yechimlari ko‘rsatilgan. Shuningdek, tadbir doirasida: Toshkent davlat agrar universiteti "Agrokimyo va tuproqshunoslik" kafedrasi dotsenti G.Mirxaydarova "Butunjahon tuproq kuni"ning ahamiyati haqida taqdimot qildi. Professor M.Saidova ham ma'ruza bilan ishtirok etdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



