2026/2027-o‘quv yili uchun Qo‘shma ta’lim dasturlari fakultetiga qabul jarayonlariga talabalarni keng jalb etish maqsadida universitetning bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Mazkur uchrashuvlar Qo‘shma ta’lim dasturlari fakulteti dekani F. Yakubov hamda fakultet mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilib, unda fakultet faoliyati, mavjud ta’lim yo‘nalishlari, o‘qish shart-sharoitlari hamda qabul jarayoniga oid asosiy talablar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.Uchrashuvlar ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi. Shuningdek, talabalarning fikr va takliflari o‘rganildi.
Qo‘shma ta’lim dasturlari fakulteti faoliyatini universitet yoshlari o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida bunday uchrashuvlar belgilangan grafik asosida boshqa fakultetlarda ham izchil davom ettirilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:


