logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi bòlib òtdi

view 28

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar bilan uchrashuv chog‘ida ilgari surilgan har haftaning payshanba kunini “Yoshlar kuni” deb e’lon qilish tashabbusi amalda o‘z ifodasini topmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida bugun Toshkent davlat agrar universitetida “Rahbar va yoshlar” shiori ostida Qishloq xójaligi vazirligi tizimidagi departament va Milliy bank xodimlari bilan uchrashuv bólib òtdi. Uchrashuvda Qishloq xoʻjaligi vazirligi departament boshlig'i I.Xolmirzayev, Qishloq xójaligi vazirligi departamenti Meva sabzavotchilik boshqarmasi boshliģi Z.Artikov, Toshkent davlat agrar universiteti Yoshlar bilan ishlash manaviyat va marifat boshqarmasi boshliģi S.Isroilov va universitet faol talaba yoshlari ishtirok etishdi. Uchrashuvda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar jumladan "Kelajak tadbirkori", "Mening birinchi kasbim" loyihalari doirasida yoshlarning start up loyihalari asosida ularga 20mln sòmdan 300mln sòmgacha imtiyozli kreditlar ajratilgani, yoshlar uchun yangi biznes loyihalar bank hodimlari tomonidan puxta ishlab chiqilishi va bepul taqdim etilishi haqida sòz yuritildi. Va ushbu tashabbuslardan ilhomlangan holda Universitetimiz rektori N.Oblomuradov tashabbusi bilan universitetda haftaning har payshanba kuni "Start up loyihalar va ularni qòllab quvvatlash kuni" deb elon qilingani alohida ta'kidlandi.

Muloqot yakunida yoshlar bilan savol-javob tashkil etilib, mutaxassislardan òzlarini qiziqtirgan savollar bóyicha javob olishdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.