logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida Saratov davlat yuridik akademiyasi hamda Saratov viloyati bo‘yicha Federal monopoliyaga qarshi xizmat boshqarmasi bilan hamkorlikda “Monopoliyaga qarshi va u bilan bog‘liq qonunchilikni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish yo‘nalishlari” mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

view 123

Mazkur tadbirda Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi vakillari ishtirok etdilar. Bu esa xalqaro huquqiy hamkorlikning bugungi sharoitdagi ahamiyati va dolzarbligini yana bir bor yaqqol namoyon etdi. Davra suhbati davomida Toshkent davlat agrar universiteti Huquqshunoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari yuridik fanlari doktori, dotsent X.Isanov, katta o‘qituvchi Q.Sadirov, dotsent, kafedra mudiri Sh.Jalolov, katta o‘qituvchi, dotsent N.Umirzakova, o‘qituvchi X.Niyazaliyeva shuningdek, universitetning Xalqaro grantlar bo‘limi boshlig‘i ilmiy ma’ruzalar va tahliliy chiqishlar bilan ishtirok etdilar.

Tadbir davomida monopoliyaga qarshi qonunchilikni takomillashtirishning dolzarb masalalari, huquqni qo‘llash amaliyotidagi muammolar hamda ishtirokchi davlatlarda raqobatni himoya qilish sohasidagi huquqiy normalarni uyg‘unlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.