logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida seminar-trening bo‘lib o‘tdi

view 203

Toshkent davlat agrar universiteti Faollar zalida professor-o‘qituvchilarning o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda xalqaro hamkorlik faoliyatini jadallashtirish orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan seminar-trening tashkil etildi. Mazkur seminarda universitet rektori N. Oblomuradov so‘zga chiqib, professor-o‘qituvchilar jamoasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, odob-axloq normalariga rioya qilish, yaratilgan shart-sharoitlardan samarali foydalanish hamda talaba-yoshlarga bilim berish bilan bir qatorda ularda yuksak ma’naviy-axloqiy tarbiyani singdirish muhimligi haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.
Shundan so‘ng seminar-treningni universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori J. Lapasov davom ettirib, oliy ta’lim muassasasida yoshlar bilan ishlash hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha ma’lumot berdi.

Shuningdek, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining “Psixologiya” kafedrasi professori S. Jo‘raeva tomonidan “Pedagogik faoliyatda stressni bartaraf etish yo‘llari” mavzusida mazmunli ma’ruza taqdim etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.