Agrar sohada innovatsion yechimlar va ilmiy yondashuvni amaliyot bilan uyg‘unlashtirib kelayotgan «Shelkovo Agroxim Uzbekistan» kompaniyasi Toshkent davlat agrar universitetining O‘simliklarni himoya qilish, tuproqshunoslik va agrokimyo fakultetida uchrashuv o‘tkazdi. Tashrif doirasida kompaniya tijorat direktori, biologiya fanlari nomzodi Kalinina Irina Grigorevna ishtirok etib, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, o‘simliklarni himoya qilish hamda tuproq unumdorligini oshirishda ilm-fan va amaliyot integratsiyasining ahamiyati haqida ma’ruza qildi. Shuningdek, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash kompaniya faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi. Uchrashuv davomida bitiruvchi magistrlar va 4-bosqich talabalarini ishga qabul qilish, amaliy mashg‘ulotlar hamda ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Mazkur tashabbuslar talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash va kelgusida barqaror ish faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

