Mazkur uchrashuv nafaqat oddiy balki kelajak sari dadil intilayotgan, iqtidorli qizlarni ruhlantiruvchi yuksalish maydoni bo‘ldi. Tadbir universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi qoshidagi klublar faoliyatini yanada faollashtirish, qizlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rnini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi. Uchrashuvni Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G. Shodmonova ochib berib, tadbirning maqsad va ahamiyatiga to‘xtaldi.
Shuningdek, uchrashuv davomida klub sardorlari bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etilib, qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga asosli javoblar olishdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


