logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida tahsil olayotgan iqtidorli va bilimli yoshlar joriy o‘quv yilida yurtimizdagi eng nufuzli davlat stipendiyalarini qo‘lga kiritib, oliy ta’lim muassasasining ilmiy-ma’rifiy salohiyati hamda obro‘-e’tiborini yana bir bor yuksak darajada namoyon etdilar

view 169

Xususan, tanlov yakunlariga ko‘ra, universitetimizning 4 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidagi davlat stipendiyasi, 1 nafar talaba Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi, 4 nafar talaba Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi hamda 2 nafar talaba Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘lishdek yuksak sharafga muyassar bo‘ldilar. Mazkur yutuqlar talabalarning izchil va samarali mehnati, mustahkam bilim va yuqori akademik salohiyati, shuningdek, professor-o‘qituvchilarning fidokorona ilmiy-pedagogik faoliyati natijasi ekanini yaqqol tasdiqlaydi. Ushbu muvaffaqiyatlar Toshkent davlat agrar universitetida yoshlarning sifatli ta’lim olishi, ilmiy izlanishlar olib borishi hamda o‘z intellektual salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlarning amaliy samarasi hisoblanadi. Davlat stipendiyalari sovrindorlarini ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz, ularga kelgusidagi o‘qish va ilmiy faoliyatida yanada katta yutuqlar, ulkan zafarlar tilaymiz.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.