logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida talaba-yoshlar ta’lim tarbiyasiga oid navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi

view 175

Toshkent davlat agrar universiteti Yoshlar masalalari ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor J. Lapasov rahbarligida fakultetlarning dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish o‘tkazildi. Unda talabalarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, xususan, yotoqxonalardagi imkoniyatlar, shuningdek, ijarada yashayotgan talabalarning sharoitlarini o‘rganish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida mas’ullarga universitet hududida talabalar ichki tartib qoidalariga rioya etishini nazorat qilish, yotoqxona va ijarada yashovchi talabalar bilan muntazam uchrashuvlar tashkil etish, ularning ehtiyojlarini o‘rganish hamda aniqlangan muammolar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish topshirildi. Shu bilan birga, talabalar o‘rtasida jinoyatchilikka va giyohvandlikka qarshi kurashish hamda korrupsiyani oldini olish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Mazkur yig‘ilish talabalarga yaratilayotgan sharoitlarni yanada takomillashtirish, ularning xavfsizligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga yordam berishga qaratilgan ishlarning navbatdagi bosqichi bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.