logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida Xitoy Xalq Respublikasining Tarim universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

view 267

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro manfaatli ilmiy-ta’limiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Jumladan, qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, chorvachilik, biotexnologiya va o‘simlikshunoslik yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, ikki oliygoh o‘rtasida qo‘shma laboratoriya tashkil etish, bu yo‘nalishda ilmiy izlanishlarni birgalikda amalga oshirish hamda Toshkent davlat agrar universiteti magistrantlari va doktorantlari uchun Tarim universitetida grant asosida tahsil olish imkoniyatlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.