logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida Talabalarni talabalar turar joyiga joylashtirish masalalari muhokama qilindi

view 127

Toshkent davlat agrar universitetida talabalarni talabalar turar joyiga joylashtirish jarayonlari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda universitet talabalar turar joyi mas’ullari, fakultet dekan o‘rinbosarlari, talabalar turar joyi mudirlari hamda tarbiyachi-pedagoglar ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida talabalarni kutib olish, ularga yaratilayotgan sharoitlar, shuningdek, odob-axloq qoidalariga rioya etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yigʻilishdan keyin talabalar turar joylari masʼullari bilan birgalikda yotoqxonadagi yashash xonalarini ko‘zdan kechirdilar, “Besh tashabbus” xonalari faoliyati bilan tanishdilar hamda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish imkoniyatlari va ular uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish bo‘yicha ishlarni amalga oshirdilar.

Mazkur faoliyat talabalarning talabalik hayotiga tez moslashishi, turar joylarda qulay va sog‘lom muhitni ta’minlash hamda bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etishga qaratildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.