logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida “Toshkent viloyatida smart texnologiyalar asosida o‘rmon va shahar hududlarini ko‘kalamzorlashtirish” loyihasi doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

view 271

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi” hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida 2024/2028-yillarga mo‘ljallangan, umumiy qiymati 7,7 mln AQSH dollari bo‘lgan “Toshkent viloyatida smart texnologiyalar asosida o‘rmon va shahar hududlarini ko‘kalamzorlashtirish” loyihasi doirasida seminar tashkil etildi. Mazkur seminarda Koreya va O‘zbekistonning yetakchi mutaxassislari ishtirok etib, shahar va aholi turar-joylarini ko‘kalamzorlashtirish, manzarali bog‘dorchilik, landshaft dizayni hamda o‘rmonlarni qayta tiklash yo‘nalishlarida Koreya Respublikasining ilg‘or tajribalari va eng yaxshi amaliyotlarini muhokama qildilar. Shuningdek, ushbu tajribalarni O‘zbekiston sharoitida, xususan agrar ta’lim va ilmiy-amaliy faoliyatda qo‘llash imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Seminar Toshkent davlat agrar universitetining professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun xalqaro tajribani o‘rganish hamda amaliy bilimlarni oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Uchrashuv so’ngida, Oʻrmon xoʻjaligi va landshaft dizayn fakulteti binosida tashkil etilgan Manzarali ko'chat yetishtirish laboratoriyasi bilan yaqindan tanishdi

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.