logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetining 95 yillik yubileyiga munosib tuhfa

view 308

Toshkent davlat agrar universitetining 95 yillik tarixiga bag‘ishlab tashkil etilgan “Agrar Shop” — universitet logotipi tushirilgan mahsulotlar va esdalik buyumlari savdosini amalga oshiruvchi rasmiy savdo doʻkoni ishga tushdi. Mazkur do‘konda universitetimiz ramzi aks ettirilgan futbolkalar, o‘quv qurollari, kitoblar, jihozlar hamda universitet timsoli bilan bezatilgan sovg‘alar xarid qilish uchun taqdim etiladi.

Shuningdek, ikkinchi filialda sport kiyimlari va anjomlar assortimenti ham mavjud. Ish vaqti: har kuni (yakshanbadan tashqari) soat 8:00 dan 20:00 gacha
Aloqa uchun: +998 97 003 74 72

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.