Tadbirda O‘zbekiston Qahramoni, senator, “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika boshqaruvi raisi S.Turdiyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, O‘zbekiston Qahramoni, senator Sh.Ayupov, professor-o’qituvchilar, doktorantlar, magistrlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir avvalida mehmonlar dastlab universitetning san’at galereyasi hamda “Ona siymosi” ko‘rgazmasi bilan tanishdilar. Tadbirni Toshkent davlat agrar universiteti rektori N. Oblomuradov ochib berdi. “Uch avlod uchrashuvi” yoshlarimiz uchun muhim ahamiyat kasb etishi, Vatanga sadoqat va ilm-ma’rifatga bo‘lgan qiziqishini oshirishda xizmat qilishi alohida taʼkidlandi. Tadbir davomida O‘zbekiston Qahramonlari oʻzlarining hayotiy yoʻllari, ilmiy-izlanishlari, Yangi Oʻzbekiston sharoitida yoshlarga berilayotgan keng koʻlamli imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanish naqadar muhimligi haqida alohida toʻxtalib oʻtdilar. Oʻzbekiston Qahramonlari oʻz nutqlarida Universitet yoshlari Yangi Oʻzbekistonda yoshlar ilmli, maʼrifatli boʻlib kamol topishlari uchun yaratilgan sharoitlardan oqilona foydalangan holda, yuqori natijalarni qoʻlga kiritayotganini alohida taʼkidladilar. Maʼruzalar davomida yoshlar qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar. Nuroniy ustozlar va iqtidorli yoshlarning fikrlari tadbirga yanada mazmun bag‘ishladi.
Tadbir yakunida universitet rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Qahramonlariga universitet tarixi va bugungi kundagi faoliyatiga bagʻishlangan "Zamin bilan tutash taqdirlar" kitobi taqdim etildi. Shuningdek, O'zbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamgʻarmasi tomonidan universitet yoshlari uchun kitoblar taqdim etildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



