logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida universitetning 95 yilligi munosabati bilan “Global iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida Xalqaro mehmonlar kórgazma bilan tanishdi

view 185

Mazkur nufuzli anjumanda 70 ga yaqin davlatdan dunyo agrar ilmining yetakchilari, olimlar, xalqaro ekspertlar hamda Respublikamizning turli hududlaridan agrar sohaning yetakchi mutaxassislari ishtirok etishdi. Konferensiya doirasida tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Unda O‘zbekiston viloyatlarining agrar salohiyati, innovatsion ishlanmalari, ilm-fan yutuqlari hamda dehqon-fermer xo‘jaliklari mahsulotlari namoyish etildi.

Xalqaro mehmonlar o‘z fikrlarida O‘zbekistonning agrar sohada olib borayotgan islohotlarini yuksak baholab, Toshkent davlat agrar universitetida yaratilgan ajoyib muhitni etirof etishdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.