logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

view 221

Toshkent davlat agrar universitetida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi boshlig‘i S. Isroilov hamda universitet “Harbiy-vatanparvarlik” loyihalari koordinatori, “Qalqon” jamoatchilik guruhi rahbari I. Murodullayev hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni” shiori ostida talabalar bilan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi o‘qituvchisi, rezervdagi polkovnik R. Xolbekov ishtirok etib, milliy armiyamizning bugungi salohiyati, Vatan himoyasining sharafli burch ekani hamda yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash masalalari yuzasidan mazmunli ma’ruza qildi.

Davra suhbati davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Faol muloqot va fikr almashinuvi ruhida o‘tgan tadbir yoshlar ongida Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.