logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida Vengriyada magistraturada tahsil olayotgan faxrli bitiruvchimiz ishtirokida xalqaro ta’limga bag‘ishlangan suhbat bo‘lib o‘tdi.

view 147

Universitetimizda Vengriya hukumati tomonidan taqdim etiladigan “Stipendium Hungaricum” granti va xorijiy ta’lim jarayonlariga bag‘ishlangan suhbat bo‘lib o‘tdi.Tadbir mehmoni — hozirda Vengriyada magistratura bosqichida tahsil olayotgan, universitetimizning faxrli bitiruvchisi Turdaliyeva Shohista bo‘lib, u o‘zining shaxsiy tajribasi asosida talabalar va yosh olimlarga amaliy maslahatlar berdi. Suhbat davomida Shohista Vengriyada ta’lim olish jarayoni, magistratura va PhD bosqichiga tayyorgarlik hamda qabul bosqichlari, hujjat topshirish tartibi, qishloq xo‘jaligi sohasidagi xalqaro ilmiy va amaliy imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Uchrashuv so‘ngida u ishtirokchilarning savollariga javob berar ekan, shunday deya ta’kidladi: “Xorijda ta’lim bu nafaqat bilim, balki xalqaro tajriba, tarmoq va yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Tayyorlaning, sinab ko‘rishdan qo‘rqmang, savollardan qo‘rqmang va imkoniyatlardan faol foydalaning.”

Tadbirda Universitet rektori N. Oblomuradov, talaba-yoshlar, magistrantlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Uchrashuv ishtirokchilarda xorijda ta’lim olish va xalqaro loyihalarda qatnashishga katta qiziqish uyg‘otdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.