logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi

view 209

Toshkent davlat agrar universitetida ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, o‘quv jarayonini xalqaro mezonlarga moslashtirish hamda universitetni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti vakillari, Toshkent davlat agrar universiteti rektori N. Oblomuradov, universitet professor-o‘qituvchilari, magistrantlar hamda doktorantlar ishtirok etdi. Davra suhbati davomida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti professori Q. Safarov so‘zga chiqib, oliy ta’lim muassasalarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonlari, uning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berdi. Shuningdek, talabalar kontingentini rivojlantirish, ta’lim sifatini baholash mexanizmlari hamda Xalqaro ASIN baholash dasturi doirasida amalga oshiriladigan jarayonlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Ta’kidlanganidek, xalqaro akkreditatsiya oliy ta’lim muassasasining xalqaro miqyosdagi nufuzi va raqobatbardoshligini oshirish, ta’lim dasturlarini global standartlarga moslashtirishda muhim omil hisoblanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.