logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan universitet psixologlari, Yoshlar ittifoqi hamkorligida seminar-trening tashkil etildi

view 147

“O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qaroriga muvofiq, har yili 3-dekabr mamlakatimizda Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sana hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli va manzilli ijtimoiy himoya siyosatining amaliy ifodasidir. Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun keng imkoniyat va qulay sharoitlar yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Tadbir davomida ishtirokchilarga nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va jamiyat hayotida faol ishtirokini kengaytirish borasidagi dolzarb masalalar yuzasidan tushunchalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.