logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida Xalqaro ona tili kuni keng nishonlandi!

view 30

Toshkent davlat agrar universitetida Xalqaro Ona tili kuni munosabati bilan “Sen tilni sharafla, qomus bil!” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori J.Lapasov tadbirni ochib, bugungi tez rivojlanayotgan davrda o‘zbek tili bilan birga xorijiy tillarni ham o‘rganish muhimligini ta’kidladi. Tadbir davomida chet tillari haqida videoroligi namoyish etildi. Shundan so’ng, Toshkent davlat agrar universiteti rektorining xalqaro maslahatchisi professor  Zoltan Lakner o’zining fikrlarini bildirib o’tdi. Tadbirda New York shtatidagi davlat universitetidan falsafa doktori va Biznes boshqaruvi magistri Dr. Grace Mukupa, Josephine Webster universiteti professori Dr. Emilda, Yaponiya Tokio JICA vakili Sakio Sugaya, faxriy fransuz tili o‘qituvchisi M. Yusupova, Rejeb Tayyib Erdug‘an universiteti talabalari Turkiya Dursun Ahmet hamda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar. Tadbir davomida Tillar kafedrasi o‘qituvchilari va iqtidorli talabalar turli tillarda bayram tabriklarini taqdim etdilar, Xalqaro madaniyat markazi vakillari esa koreys, ozarbayjon, uyg‘ur va turkman tillarida qo‘shiqlar va raqslarni ijro etdilar.

Talabalar “FairyTale” qo‘shig‘i (ingliz tilida), “Mind Your English” sahna ko‘rinishi (ingliz tilida), Lezginka raqsi, “Guli va Navoiy monologi” (o‘zbek tilida), “Xorazm lazgisi” raqsi, Qo‘shiq (rus tilida), “Madam” raqsi hamda “Javohir” talaba ijrosida chiqishlarni taqdim etdilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.