favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida Xitoy delegatsiyasi:Yangi loyihalar, yangi imkoniyatlar muhokama qilindi

view 45

Xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yangi imkoniyatlar eshigining kaliti, desak adashmaymiz. Boisi universitetimiz va ko’plab xorijiy ta’lim muassasalari va tashkilotlari o’rtasida imzolanayotgan o’zaro kelishuvlar, tashkil etilayotgan uchrashuvlar talaba-yoshlar uchun, oliygohimiz ravnaqi yuksaltirish uchun tashlangan muhim qadam bo’lmoqda. Bugun Toshkent Davlat Agrar Universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining Qishloq xo‘jaligi va qishloq ishlari vazirligi huzuridagi CPC rahbarlik guruhi a’zosi Huang Yan boshchiligidagi delegatsiyaning rasmiy tashrifi davomida ham qator kelishuvlarga erishildi. Uchrashuv davomida universitetimiz rektori Narzullo Oblomuradov O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi. Xususan, ikki davlat o‘rtasida ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va tarixiy jihatdan shakllangan do‘stona munosabatlarni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishi alohida qayd etildi. Tashrif doirasida Xitoy delegatsiyasi rahbari Huang Yan Toshkent Davlat Agrar Universiteti negizida zamonaviy ilmiy laboratoriya tashkil etish tashabbusini ilgari surdi. Ushbu loyiha ikki tomonlama ilmiy-tadqiqot salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, agrar sohada innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etishda muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda. Tomonlar urug‘chilik, bog‘dorchilik, meva-sabzavotchilik, g‘allachilik, paxtachilik yo‘nalishlari, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq xo‘jaligida zamonaviy innovatsiya va texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish masalalarida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Shuningdek, uchrashuvda Toshkent Davlat Agrar Universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, xususan, 1+1 formatidagi magistratura dasturi doirasida talabalarning Xitoyga yuborilishi borasida ma’lumotlar berildi. Mazkur tashrif O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi agrar sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.


Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.