logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida Xitoy Respublikasining Wenchjou Fan va texnologiya kasb-hunar kolleji bilan hamkorlikda seminar-trening tashkil etildi

view 44

Toshkent davlat agrar universiteti Xorijiy tillar kafedrasida Xitoy Respublikasining Wenchjou Fan va texnologiya kasb-hunar kolleji professor-o‘qituvchilari ishtirokida ilmiy-amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida o‘tkazilib, unda xorijiy mutaxassislar tomonidan innovatsion-pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish masalalari yoritib berildi. Seminar davomida professor-o‘qituvchilar ilg‘or xorijiy tajribalardan namunalar keltirib, ta’lim sifatini oshirishda qo‘llanilayotgan interfaol usullar, raqamli ta’lim platformalari, hamda multimediya vositalari imkoniyatlarini taqdim etdilar.

Shuningdek, tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro ilmiy-metodik almashinuvni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.