logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti vakili aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan o‘quv seminarida ishtirok etdi

view 247

Mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ushbu jarayon mamlakat hududida yashovchi fuqarolar haqida to‘liq ma’lumot to‘plashga qaratilgan muhim ijtimoiy-iqtisodiy tadbirdir. Tashkent viloyati statistika boshqarmasi, Chirchiq shahar statistika bo‘limi hamda mahalla “yettiligi” xodimlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi. Tadbir davomida ro‘yxatga olish ishlari mazmuni, uning amaliy ahamiyati, aholiga qulaylik yaratish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Seminarda Toshkent davlat agrar universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti Tursunov Rustam Xabibovich ishtirok etib, ro‘yxatga olishning statistik va tahliliy jihatlari hamda ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlashda zamonaviy yondashuvlar haqida so‘z yuritdi.

Tadbir ishtirokchilari uchun ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligini ta’minlash, shuningdek, aholining soni va xo‘jalik tizimi bo‘yicha to‘g‘ri ma’lumot to‘plashning ahamiyati haqida muhim tushunchalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.