O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–135-sonli qarori ijrosi doirasida Toshkent davlat agrar universitetida xalqaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda. Shu munosabat bilan,bugun universitetimizning “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi tashabbusi va Axborot-resurs markazi hamkorligida xalqaro uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvga Xalqaro odob-axloq va kommunikatsiya mutaxassislari assotsiatsiyasi (IACPEC) a’zosi, professor Irina Aleksandrovna Aleksina taklif etildi. Madaniyatlararo muloqot bo‘yicha tajribali mutaxassis bo‘lgan professor bilan kelgusida ilmiy-amaliy yo‘nalishlarda keng ko‘lamli ishlarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Mahorat darsi doirasida professor I.A. Aleksina tomonidan kafedra professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalar uchun xalqaro diplomatik protokol va muloqot madaniyati, tarixiy va milliy an’analarning zamonaviy muloqotdagi o‘rni, madaniyatlararo samarali hamkorlik sirlari haqida qimmatli ma’lumotlar berildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

