favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida Xitoyning yetakchi ilmiy muassasalaridan biri — Shandong Academy of Social Sciences vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

view 26

Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash va ularni yangi bosqichga olib chiqish masalalarini muhokama qildilar. Muloqot chog‘ida birgalikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar aniq belgilandi. Jumladan, agroiqtisodiyot va moliya sohalarida qo‘shma tadqiqotlar olib borish, oziq-ovqat xavfsizligi borasida innovatsion yondashuvlarni o‘rganish va amaliyotga joriy etish rejalashtirildi.

Shuningdek, xalqaro grant dasturlarida hamkorlikda ishtirok etish, ilmiy maqolalarni Scopus va Web of Science kabi nufuzli jurnallarda hammualliflik asosida chop etish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar uchun almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.


Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.