Mazkur tanlov talaba-qizlarimizning ilm-fan borasidagi orzu va intilishlarini san’at orqali ifodalash, ularning ijodiy salohiyatini namoyon etish hamda ilmga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi. Mazkur tanlovni tashkil etish va baholash jarayonining shaffofligini ta’minlashda Yoshlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi O. Mahkamov, Xotin-qizlar masalalari maslahat kengashi raisi G. Shodmonova, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha boshqarma boshlig‘i S. Isroilov hamda Universitet rassomchilik to‘garagi rahbari A. Mamasoliyev yaqindan ko‘maklashib, ishtirokchilarga xolisona baho berdilar. Tanlov g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing: 1-o‘rin Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti 2-bosqich talabasi — Sayfullayeva Maxsuma 2-o‘rin
Zooinjeneriya fakulteti 3-bosqich talabasi — Mirvohidova Odina
Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti 2-bosqich talabasi — To‘laboyeva Shahzoda 3-o‘rin Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti 4-bosqich talabasi — Normamatova Muxlisa Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti 1-bosqich talabasi — Ibrohimova Intizor
Tanlovda g‘olib bo‘lgan talaba-qizlar diplom va esdalik sovg‘alari, tanlovda ishtirok etgan barcha talaba-qizlar esa faol ishtiroki uchun tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, g‘olib bo‘lgan talaba-qizlar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:




