logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida yangi 2025/2026- o’quv yili ko’tarinki kayfiyatda, talabalarning shijoati bilan boshlandi

view 100

Bugun universitetimiz talaba-yoshlar bilan to’ldi. Yangi o’quv yili yoshlarning ko’zidagi quvonch, talabalikning ilk bahori bilan yuqori kayfiyatda boshlandi. Ushbu quvonchli kun chiroyli tadbir bilan start oldi. Universitet rektori N.Oblomuradov birinchi kursga qabul qilingan talaba-yoshlarga tabrik yo’lladi. “Hurmatli renessans yoshlari! Sizlarni Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi
nomidan oliy ta’lim sari tashlagan ilk qadamingiz bilan
chin qalbdan tabriklayman! Bugungi kunda mamlakatimizda agrar sohada tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu sohada bilim
olishingiz nafaqat shaxsiy muvaffaqiyatingiz, balki yurtimiz agrar sohasining taraqqiyoti uchun ham muhimdir. Kelgusi yillar davomida sizlar qishloq xo‘jaligini yangi bosqichga olib chiqish va malakali mutaxassislar safini kengaytirish yo‘lida samarali ish olib borishingizga ishonaman. ” - deya ta’kidladi o’z so’zida.

Shuningdek, universitetning faxriy akademiklari, jumladan Fanlar akademiyasi akademigi D.Yusupova, Oʻzbekiston Respublikasi Agrar soha ayollar uyushmasi raisi A.Ahmedjanova, iqtisodchi akademik S.Gulyamov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zosi Ch.Anvarbekova hamda talabalarning ota-onalari yoshlarni yangi o’quv yili bilan tabriklashdi..

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.