Mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-207-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan milliy dasturning ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi. Bellashuv davomida fakultet jamoalari giyohvandlikning inson taqdiri, oila va jamiyat tanazzuliga olib keluvchi og‘ir oqibatlarini sahna ko‘rinishlari orqali mahorat bilan namoyish etdilar. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi mas’ullaridan iborat hakamlar hay’ati ishtirokchilar chiqishlarini xolisona baholab bordi.
Natijalar
1-o‘rin — Agromuhandislik va agrotexnologiya fakultetining “Ijodkor” jamoasi
2-o‘rin — Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakultetining “Ziyolilar” jamoasi
3-o‘rin — Zooinjeneriya fakultetining “Kreativ” jamoasi
Ushbu tanlov yoshlarni sog‘lom turmush tarziga undash, ularning ongida giyohvandlikka qarshi qat’iy immunitetni shakllantirishga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

