logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

view 163

Mazkur tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi hamkorligida tashkil etildi. Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi boshlig‘i S. Isroilov ochib berib, bugungi raqamli davrda yoshlarning axborot xavfsizligi va huquqiy savodxonligini oshirish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Uchrashuvda maxsus mehmon sifatida ishtirok etgan IIV Akademiyasi magistratura tinglovchisi, podpolkovnik D. Ixvoldinov kiberjinoyatchilik turlari, ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarliklar, ularning huquqiy oqibatlari hamda oldini olish choralari haqida batafsil ma’ruza qildi. Hayotiy misollar va namoyish etilgan videoroliklar orqali talabalarga kiberxavflardan himoyalanish bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.

Tadbirda ishtirok etgan talabalar mavzuning dolzarbligini qayd etib, bunday uchrashuvlar ularning kiberxavfsizlik bo‘yicha bilimlarini oshirishda muhim ekanini bildirishdi. Yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan atroflicha javob olishdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.