Uchrashuvni universitet birinchi prorektori J.O. Lapasov ochib berdi. Tadbirda Oliy Majlis Ombudsmanining o‘rinbosari B. Narimanov, Senat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari S. Abdikarimova, Yoshlar parlamenti raisi L. Aslanova, IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari N. G'iyasova va boshqa mutasaddilar ishtirok etdilar. Uchrashuvda yoshlarga oid davlat siyosati, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish, tashabbuskor va bilimli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yoshlarga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ularning jamiyat hayotidagi o‘rni yanada mustahkamlanib borayotganini yaqqol namoyon etdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


