Toshkent davlat agrar universitetida Yaponiyaning YUIME kompaniyasi vakillari hamda GROW loyihasi ishtirokida mazmunli seminar tashkil etildi. Tadbirda universitetimizdagi Yapon tili markazi tinglovchilari, shuningdek, Yaponiyada tahsil olish, amaliyot o‘tash va ishlash istagida bo‘lgan talabalar qatnashdi. YUIME kompaniyasi Yaponiyada qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida turli xizmatlarni ko‘rsatib keladi. Shuningdek, xorijiy mutaxassislar uchun mehnat sharoitlarini yaxshilash, ularga “maxsus ko‘nikmalar” (SSW) tizimiga o‘tishda ko‘maklashish hamda ish muhiti boshqaruvida yordam beruvchi xizmatlarni ham taqdim etadi. Uchrashuv davomida talabalar Yaponiyada amaliyot o‘tash tartibi, kerakli hujjatlar va shartlar, mavjud imkoniyatlar hamda viza talablari bo‘yicha batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Savol-javob jarayonida esa o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to‘liq javob oldilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:


