logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida “Zakovat” intellektual o‘yini – “Ittifoq raisi kubogi” viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

view 101

Mazkur intellektual bellashuvda Toshkent viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari va harbiy muassasalardan jami 15 ta jamoa faol ishtirok etdi. Universitetimizdan Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faol talabalaridan shakllangan “Agrounion” jamoasi ham ushbu nufuzli musobaqada munosib ishtirok etdi.
Intellektual bellashuv yakuniga ko‘ra:
1-o‘rin — “Favorit” jamoasi
2-o‘rin — “Yosh bojxonachilar” jamoasi
3-o‘rin — “Medasmotr” jamoasi

Tadbir yoshlarning bilim va intellektual salohiyatini oshirish, ularni erkin fikrlashga, jamoada ishlashga va Vatan ravnaqi yo‘lida faol bo‘lishga chorlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.