logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida “Zamin bilan tutash taqdirlar” kitobi talabalarga yaqindan tanishtirilmoqda

view 144

Toshkent davlat agrar universitetining 95 yillik faoliyati munosabati bilan yaratilgan “Zamin bilan tutash taqdirlar” asari fakultetlar kesimida talabalarga tanishtirilmoqda. Taqdimot jarayonlarida fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, yoshlar yetakchilari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Uchrashuvlarda universitet tarixining shakllanish jarayoni, agrar ta’lim rivoji, buyuk olimlar faoliyati, hozirgi oltin avlod vakillari va yoshlarga qoldirilgan ma’naviy meros haqida so‘z yuritildi.

Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar yoshlarni ilmiy izlanishga, fidoyilik va vatanparvarlikka, kelajakni yaratishda mas’uliyatli bo‘lishga chaqirdilar. Talabalar esa asarda aks etgan tarixiy jarayonlar, universitetning bugungi taraqqiyoti va kelajak strategiyasi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.