Toshkent davlat agrar universitetining 95 yilligi munosabati bilan, uzoq yillar davomida universitet taraqqiyoti yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan bir qator professor-o‘qituvchilar, bo‘lim boshliqlari va fakultet dekanlari munosib taqdirlandi. Universitet rektori N. Oblomuradov tomonidan ularga tashakkurnomalar, “Zamin bilan tutash taqdirlar” — Toshkent davlat agrar universiteti tarixiga bag‘ishlangan yangi asar, 95 yillik ko‘krak nishoni hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Bu e’tiroflar yillar davomida ilm-fan taraqqiyotiga, yosh avlod ta’limiga qo‘shilgan ulkan hissaga bo‘lgan chuqur hurmat va minnatdorchilik ifodasidir.
Ijtimoiy tarmoqlar:
Shuningdek o'qing



