Universitetimizning 95 yilligi munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasining Northwest A&F University delegatsiyasi, jumladan, prorektor Ma Chang hamda Til va madaniyat maktabi partiya qo‘mitasi kotibi Pan Rui Xitoy Xalq Respublikasining Shimoliy-g‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti hamkorligida tashkil etilgan Qo‘shma ta’lim dasturlari uchun yangi o‘quv binosi bilan tanishdilar.
Uchrashuv davomida ikki oliygoh o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari muhokama qilindi hamda qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida tahsil olayotgan talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Rahbariyat a’zolari tomonidan ma’ruzalar qilinib, talabalar ishtirokida qiziqarli mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:
Shuningdek o'qing


