logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetining Òquv-ilmiy tarjiba xòjaligida “Meva-sabzavotlarni qayta ishlash va qadoqlashning innovatsion texnologiyalari” mavzusida ilmiy-amaliy dala seminari bo‘lib o‘tdi.

view 128

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakultetida “Meva-sabzavotlarni qayta ishlash va qadoqlashning innovatsion texnologiyalari” mavzusida ilmiy-amaliy dala seminari bo‘lib o‘tdi. Seminar doirasida Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlash kafedrasi tomonidan innovatsion usullarda qayta ishlangan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tadbirda universitet rektori N. Oblomuradov boshchiligida qator universitet faxriylari va olimlar ishtirok etdilar. Seminarda kafedra tadqiqotchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy ishlanmalar taqdim etildi. Jumladan topinambur mevasi asosida qandli diabetga chalingan bemorlar uchun glyukemik indeksi past non, qorag‘at mevasidan olingan buyovchi moddalar asosida tayyorlangan kolbasa mahsulotlari, konvertiv usulda quritilgan porey piyozi, probiotik fermentlangan sabzavotlar hamda L zuqaviy qiymati va xushbo‘ylik xususiyatlari saqlangan meva sukatlari taqdim etildi. Shuningdek, MAP usulida qadoqlangan tomat chipsilari va turli qadoqlash texnologiyalari qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Mazkur tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarni tatib ko‘rish imkoniyati ham yaratildi. Bu dala seminari tadqiqotchilar va yosh olimlar uchun ilmiy ishlanmalarni amaliyotda sinash hamda yangi bilimlarni o‘zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Ayniqsa, 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun ushbu seminar katta taassurot qoldirdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.