logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetining O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakultetida professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida universitetning 95 yillik faoliyati va tarixiy taraqqiyotiga bag‘ishlangan “Zamin bilan tutash taqdirlar” kitobi targ‘iboti bo‘lib o‘tdi.

view 170

Tadbir davomida Qishloq xo‘jaligi fitopatologiyasi kafedrasi professori N.T. Xakimova mazkur asarning yaratilish tarixi, unda keltirilgan tarixiy manbalar, agrar ta’limning rivojlanishi hamda universitetning mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘rni haqida batafsil ma’ruza qildi. Shuningdek, kafedra assistenti D.D. Qodirova talabalar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borib, kitobning yoshlar uchun ahamiyati, unda aks etgan ilmiy va ma’naviy merosni chuqur o‘rganish zarurligini alohida ta’kidladi. Tadbir jarayonida talabalar kitobning mazmuni, undagi tarixiy voqealar hamda universitet taraqqiyotining asosiy bosqichlari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

“Zamin bilan tutash taqdirlar” asari Toshkent davlat agrar universitetining boy tarixini yoritish bilan birga, bugungi kunda qishloq xo‘jaligi ta’limi va ilm-fanini yangi bosqichga ko‘tarishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.