logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Yoshlarning startap tashabbuslari — innovatsion taraqqiyot drayveri

view 17

Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ilgari surilgan 32 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ularning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda startap loyihalarni amaliyotga joriy etishga ko‘maklashish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.
Mazkur vazifalar ijrosi doirasida Toshkent davlat agrar universitetida ham tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, universitet rektori N. Oblomuradov tomonidan fakultetlarda tahsil olayotgan iqtidorli talaba-yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan startap loyihalar ko‘rib chiqildi.

Taqdimotlarda loyihalarning dolzarbligi, iqtisodiy samaradorligi va amaliyotga joriy etish imkoniyatlari muhokama qilinib, istiqbolli g‘oyalarni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Har bir fakultetdan taqdim etilgan loyihalar qishloq xo‘jaligidagi muammolarga innovatsion yechim taklif etishi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Ular orasida soya asosida go‘sht ishlab chiqarish, chiqindilarni qayta ishlash, biofiltrlar va raqamli agroplatformalar alohida e’tibor qozondi. Uchrashuv yakunida “Yoshlar — bizning ertangi kunga ishonchimiz, eng katta kuchimiz. Sizlarga ishonamiz!” — deya alohida ta’kidladi universitet rektori.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.