logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetining Talabalar turar joyida ijodiy uchrashuv òtkazildi

view 41

Toshkent davlat agrar universiteti Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetikasini seleksiyasi va urug‘chiligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan fakultet talabalar turar joyida “Kafedra kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida el sevgan ijodkor, taniqli shoir B.Ergashev bilan qiziqarli ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari talabalarning yashash sharoitlari va darsdan bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazayotganlari bilan yaqindan tanishdilar. Shoir B.Ergashev o‘zining sara asarlaridan namunalar o‘qib berib, yoshlik, ilm va insoniy fazilatlar haqida samimiy suhbat qurdi. Talabalar nafaqat qishloq xo‘jaligi sohasidagi yangiliklar, balki adabiyot va san’at olami haqida ham o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.