logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Tovuq boqish sirlari bilan bòlishamiz!

view 236

Tibbiyot mutaxassislariga ko‘ra, sog‘lom bo‘lish uchun inson yiliga o‘rtacha 10 kg parranda go‘shti va 100 dan ortiq tuxum iste’mol qilishi lozim. Chunki tovuq go‘shti va tuxum parhez mahsulotlar hisoblanadi. Zot tanlashda xonadonlarda tuxum yo‘nalishidagi Lomann, Dekalp, Xayseks, Xay-Layn, Rodonit zotlari samarali. Hozir bozordagi tuxumlarning 70 foizi Lomann zotiga to‘g‘ri keladi. Bu zotdan bir yilda 270 tagacha tuxum olish mumkin. Go‘sht yo‘nalishidagi broylerlar – tez semiruvchi parrandalar bo‘lib, 38–42 kunda 2,3–2,5 kg vaznga yetadi. Asosan Ross–308, Kobb, Xabbord, Kornish, Oq plimutrok kabi krosslar yetishtiriladi. Broylerlar 5–6 haftada so‘yishga tayyor bo‘ladi, aks holda vazn yo‘qotadi. Tovuq go‘shti yengil hazm bo‘ladi va oqsil (20%) hamda yog‘ (10–12%)ga boy. Hazm bo‘lish koeffitsiyenti 94–95 foizni tashkil etadi. Tovuqlar quruq aralash yem bilan oziqlanadi. O‘rtacha yem sarfi tuxum beruvchi tovuq – 50 kg/yil, go‘sht uchun boqiladigan – 65 kg/yil, 2 oygacha broyler – 4,7 kg, tuxum uchun 5 oylikkacha jo‘ja – 11,8 kg ni tashkil etadi. Jo‘ja ochirish uchun 8–12 ta tovuqqa 1 ta xo‘roz yetarli. Tovuqlar bug‘doy, makkajo‘xori, sabzavot va qovun-tarvuz puchoqlarini bemalol yeydi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.