logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Universitetimiz olimlari Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida paxta terish mashinalari mexanizatorlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ishtirok etishmoqda

view 157

Qishloq xo‘jaligida paxta terimi jarayonini to‘liq mexanizatsiyalash, terim sifatini oshirish hamda sohaga malakali kadrlarni jalb etish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Agrar sohada yangi texnologiyalar jadal joriy etilayotgan bir davrda mexanizatorlarning bilim va ko‘nikmalarini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirib borish alohida ahamiyat kasb etadi. Ana shu maqsadda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining 2025-yil 15-oktabrdagi qo‘shma qarori asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda paxta terish mashinalari mexanizatorlarini tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga qaratilgan nazariy va amaliy o‘quv kurslari tashkil etilmoqda. Universitetimiz professor-o’qituvchilari ishtirokida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida boshlangan ushbu o‘quv kurslari mexanizatorlar tayyorlash tizimida yangi bosqichni boshlab berdi. O‘quv jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalari keng tatbiq etilib, tinglovchilar eng so‘nggi rusumdagi paxta terish mashinalarini boshqarish, sozlash, texnik xizmat ko‘rsatish hamda ularni to‘g‘ri saqlash bo‘yicha chuqur nazariy bilim va keng amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishmoqda.

Mazkur tashabbus agrar sohada malakali kadrlar salohiyatini oshirish, paxta terimi jarayonida samaradorlikni ta’minlash va zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumot o’rnida, olimlarimiz 21-noyabr sanasigacha ushbu jarayonlarda jonbozlik ko’rsatib, ilmiy tavsiya va bilimlari bilan mexanizator va operatorlarning malakasini oshirishmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.