Toshkent davlat agrar universiteti Yoshlar ittifoqi hamda dunyoga mashhur PUBG MOBILE hamkorligidagi o‘ziga xos "Eko-missiya" loyihasi yakuniga yetdi. Bu shunchaki tadbir emas, ilm-fan, ekologiya va zamonaviy texnologiyalar sintezi bo‘ldi! Mehmonlar va faol yoshlar universitetimizning zamonaviy qiyofasi bilan yaqindan tanishdilar. Janubiy Koreya bilan hamkorlikdagi zamonaviy asalarichilik laboratoriyasi, Tuproq xilma-xilligini aks ettiruvchi maxsus eksponatlar burchagi, Mahobatli "Renessans" majmuasi va talabalarning ijodiy ishlarini jamlagan galereya barchada katta taassurot qoldirdi. Tadbirning rasmiy qismida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.Xodjayeva va Ekologik partiya vakili F.Axmedjanov ishtirok etib, atrof-muhitni asrash bo‘yicha muhim tushunchalar berdilar. "Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi" kafedrasi o‘qituvchilari esa tuproq va havo musaffoligi bo‘yicha o‘zlarining ilmiy taqdimotlarini namoyish etishdi. Nazariya amaliyot bilan birlashdi! Kahoot musobaqasi orqali auditoriya haqiqiy kiber-maydonga aylandi. Talabalar ekologiya va o‘yin olami bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, jamoaviy ruhda bellashdilar. Eng faol va bilimdon ishtirokchilar PUBG MOBILE tomonidan taqdim etilgan qimmatbaho va eksklyuziv sovg‘alarni qo‘lga kiritishdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



