logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

XALQARO FORUM DOIRASIDA QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARI VA ISHLAB CHIQARISH KO‘RGAZMALARI NAMOYISH ETILMOQDA!

view 354

Toshkent davlat agrar universitetida davom etayotgan nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy forum doirasida keng ko‘lamli ko‘rgazma tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazmada Toshkent davlat agrar universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar, Uyg’ur avtonom rayoni qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi, shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasining 20 dan ortiq yirik ishlab chiqarish korxonalari o‘z innovatsion mahsulotlarini taqdim etmoqda.
Ko‘rgazma doirasida Qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy texnika va texnologiyalar, Innovatsion o‘g‘itlar va yuqori sifatli urug‘lar, Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlovchi ilg‘or ishlanmalar, Ekologik toza va eksportbop mahsulotlar keng namoyish qilinmoqda.
Ushbu ko‘rgazma xalqaro tajriba almashinuvi uchun samarali maydon bo‘lib xizmat qilmoqda hamda O‘zbekiston agrar sohasida ilm, innovatsiya va ishlab chiqarish integratsiyasini yangi bosqichga olib chiqmoqda.
Forum yangiliklarini biz bilan kuzatib boring!

Shuningdek o'qing

Toshkent davlat agrar universitetida Saratov davlat yuridik akademiyasi hamda Saratov viloyati bo‘yicha Federal monopoliyaga qarshi xizmat boshqarmasi bilan hamkorlikda “Monopoliyaga qarshi va u bilan bog‘liq qonunchilikni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish yo‘nalishlari” mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Jarayon

Toshkent davlat agrar universitetining 95 yilligi munosabati bilan «Global iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya uchun skops maqolalar qabul qilish boshlandi
E'lonlar

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.